Yamal Avstriya bilan o‘yinga narxi 150 ming yevroga baholangan brilliant taqinchoq bilan keldi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 10:55
  • 384
  • 30

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Avstriyaga qarshi uchrashuvga Betmen tasviri tushirilgan brilliant tumor taqqan holda keldi.

Marca nashrining xabar berishicha, ushbu zargarlik buyumi haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Katta ehtimol bilan, ushbu taqinchoq 18 yoshli futbolchi uchun maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. U butunlay brilliantlar bilan qoplangan. Qayd etilishicha, bunday taqinchoqning taxminiy qiymati 130-150 ming yevroni tashkil qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, AQSHning Los Anjeles shahridagi “Sou-Fay” stadionida bo‘lib o‘tgan 1/16 final bahsida Ispaniya 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, nimchorak finalga yo‘l oldi.

Lamin Yamal golli harakatlarda qatnashmadi, 1/8 final bosqichida Luis de la Fuente shogirdlari Portugaliya – Xorvatiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq The Athletic nashri ekspertlari 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan eng kuchli futbolchilar reytingini e’lon qilgan va unda 18 yoshli Yamal 3-o‘rinda qayd etilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar