Braziliya terma jamoasi JCH-2026 nimchorak finali oldidan bir futbolchisini yo‘qotdi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 10:22
  • 34
  • 30

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 nimchorak final bosqichi oldidan tarkibidagi muhim futbolchilardan biridan ayrildi. Jamoa yarim himoyachisi Lukas Paketa jarohati sabab navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Paketa Jahon chempionati 1/16 finalida Yaponiyaga qarshi o‘yinda (2:1) noqulaylik his qilgan edi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida u oqsoqlana boshladi va tanaffusdan so‘ng 46-daqiqada uning o‘rniga Endrik maydonga tushirildi.

Jahon chempionati 1/8 finalida Braziliya terma jamoasi Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar