
Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Valdemar Anton «Manchester Yunayted»ning transfer nishoniga aylandi.
«Qizil iblislar» 29 yoshli futbolchi uchun 35 mln funt sterling (taxminan 40,5 mln yevro) miqdorida taklif tayyorlashmoqda,i deya xabar beradi «Stretford End» Germaniya OAVlariga tayangan holda. «Arilar» futbolchisining transferini mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrik allaqachon ma’qullagan.
Valdemar Antonning amaldagi shartnomasi ikki yildan keyin yakuniga yetadi va «Borussiya» bitimni uzaytirishni istamoqda. Mudofaaning o‘ng qanotida ham o‘ynashga qodir bo‘lgan markaziy himoyachining bozor qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 18 mln yevroga baholanmoqda.