Romero tizzasidan olgan jarohati sababli Iordaniyaga qarshi o‘ynamaydi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 16:11
  • 164
  • 30

Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero jarohati sababli JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

«Tottenxem» futbolchisi 2-tur doirasidagi Avstriya terma jamoasiga qarshi bahsda (2:0) tizzasidan shikastlangan va 57-daqiqada almashtirilgan edi.

«TyC Sports» xabariga ko‘ra, Romero qo‘shimcha tekshiruvga muhtoj emas, chunki u jiddiy jarohat olishdan qutilib qolgan. Himoyachi 28 iyun kuni Iordaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Argentina J guruhida birinchi o‘rin bilan muddatidan oldin pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar