Rustam Ashurmatov: "Raqib muxlislari bosimi bizga katta ta’sir qilmaydi"

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 17:55
  • 474
  • 30

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov intervyu berib, Jahon chempionatidagi birinchi bahsda muxlislar tomonidan bo‘ladigan bosim haqida gapirdi.

"Raqib jamoa muxlislari ko‘pchilikni tashkil qilgan sharoitdagi o‘yinlarimiz ko‘p bo‘lgan. Bunday tajriba bizda mavjud. Misol uchun, Urugvaydagi o‘rtoqlik o‘yinimiz, bundan tashqari Eron bilan safardagi o‘yinlarda doimo stadionda minglab muxlislar bo‘lgan. Shuning uchun bu narsa katta bosim bo‘ladi, deb o‘ylamayman.

Hakam hushtagi chalingandan keyin bor e’tiborimiz maydonga qaratiladi, tashqaridagi shovqin bilan ishimiz ham bo‘lmaydi.", dedi himoyachimiz.

O‘zbekiston Jahon chempionatini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 7:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.ladiga

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar