Urugvay terma jamoasi ustozi: "Bu JCH tarixidagi eng yomonlaridan biri bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 10:48
  • 246
  • 30

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa bo'lajak mundial haqida fikr bildirdi.

"Hamma infratuzilma va tashkilot, mashg'ulot maydonlari va aeroportlardagi sharoitlar, shuningdek, futbolchilar, fotograflar, hakamlar va murabbiylarn bilan bog'liq holatlardan shikoyat qilmoqda va bu JCH tarixidagi eng yomonlaridan biri bo'ladi", - deb fikr bildirgan 70 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Ispaniya, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар