Jahon chempionatidagi raqibimiz — Kongo DR Chiliga yutqazdi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 00:00
  • 329
  • 30

Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik doirasida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Chiliga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv Ispaniyaning Kadis shahridagi «La Linea» stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi taymda darvozalar daxlsiz qoldi, ikkinchi bo‘limda esa janubiy amerikaliklar ustunlikni qo‘lga oldi.

52-daqiqada Lukas Sepeda hisobni ochdi, keyin Matias Sepulveda ikkinchi golni kiritib, Chili ustunligini oshirdi. Kongo terma jamoasining yagona golini Yoris Kayambe urdi.

Natijada uchrashuv Chilining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar