O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga jahon chempionati o‘yinlari uchun mukofot pullari beriladimi?

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 19:22
  • 640
  • 30

Rossiyaning Vedomosti sayti o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida katta maqola e’lon qildi.

Maqolada O‘zbekiston MDH davlatlari Ichida mundialga yo‘l olgan yagona jamoa ekani e’tirof etilgan. Shuningdek, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro musobaqa oldidan ideal vaziyatda ekani ham ta’kidlangan.

“O‘zbekistonda Fabioga nisbatan munosabat turlicha: u tayyoriga keldi”, deydi rossiyalik skaut Nikolay Yegorichev. “Kannavaroning obro‘si va tajribasi bor (asosan o‘yinchi sifatida) - u mundialda bundan foydalanishga harakat qiladi. 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida murabbiy turnirda milliy terma jamoa oldiga katta maqsad qo‘yilmaganini aytdi. Kannavaro hozir ideal vaziyatda: agar terma jamoa guruh bosqichidan chiqa olmasa, hech kim unga tosh otmaydi va agar jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, O‘zbekistonga milliy qahramon sifatida qaytadi".

“O‘zbekiston guruhda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan o‘ynaydi. Ularning barcha raqiblari FIFA reytingida yuqoriroq (mos ravishda 5, 13 va 46-o‘rinlar; O‘zbekiston 50-o‘rin), ammo pley-offga chiqish imkonsiz natija emas: yangi formatga ko‘ra, guruhlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sakkizta jamoa ham keyingi bosqichga o‘tadi”, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, Vedomosti saytidagi maqolada terma jamoa muxlislarining AQSHga tashrifi va futbolchilarga mundialda beriladigan mukofot pullari masalasiga ham to‘xtalingan.

“Murakkab logistika va muxlislar uchun xarajatlar qimmatligi tufayli biz katta qo‘llab-quvvatlash guruhini kutmayapmiz”, deya ma’lum qilgan O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi vedomosti saytiga.

“Biroq  biz AQSHda (Xyuston va Atlanta) yashovchi o‘zbeklarga umid bog‘laymiz, u yerda bizda ikkita o‘yin bo‘ladi.

O‘yinchilar uchun bonuslar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar hali ham muhokama qilinmoqda; bu hal qilinadigan masala. Hozirda biz uchun futbolchilar qulay sharoitda joylashishi va o‘yinlarga borib kelish uchun minimal kuch sarflashi muhim”, deyiladi maqolada.

Avvalroq FIFA Club Benefits Programme (Klublarga foyda keltirish dasturi) qoidalariga ko‘ra, futbolchisi mundialda qatnashadigan klublarga har bir kun uchun 11 ming AQSH dollari miqdorida pul berishi e’lon qilingandi.

To‘lovlar nafaqat guruh bosqichidagi o‘yin kunlari, balki turnir boshlanishidan 10 kun oldingi tayyorgarlik davrini ham o‘z ichiga oladi. Guruh bosqichi yakunlangunga qadar (11 iyundan 27 iyungacha) jamoalar jami 27 kun davomida turnirda (va unga tayyorgarlikda) rasman qatnashgan hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar