Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazilishini so‘radi

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 17:55
  • 94
  • 30

Niderlandiya terma jamoasi dushanba kuni Nyu-Yorkdagi "Icahn" stadionida O‘zbekiston Milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bosh murabbiy Ronald Kuman mazkur bahsning deyarli to‘liq to‘qson daqiqasi davomida asosiy tarkib futbolchilariga imkoniyat berishni rejalashtirmoqda.

Vi.nl nashriga ma’lum bo‘lishicha, Niderlandiya tomoni asosiy uchrashuvdan so‘ng O‘zbekistonga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini ham o‘tkazishni maqsad qilgan. Ushbu bahs asosan zaxira o‘yinchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 35 daqiqalik ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Kumanning tushuntirishicha, mazkur o‘yin "ayni paytda jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor bo‘lmagan futbolchilarga o‘yin amaliyoti berish" uchun xizmat qiladi.

Jahon chempionati starti arafasida tashkil etilayotgan birinchi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham turnir oldidan jiddiy yakuniy sinov vazifasini o‘taydi. Kuman ushbu bahs orqali o‘zi rejalashtirgan asosiy tarkib futbolchilarini sinovdan o‘tkazishi va taktik uslublarni amalda mashq qilib olishi mumkin bo‘ladi. Qolgan o‘yinchilar esa o‘yin ritmini saqlab qolish yoki uni tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ma’lumot uchun, jamoalarning ikkinchi uchrashuvi teletranslyasiya qilinmaydi.

ZO‘R TV orqali translyasiya qilinadiga bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar