⚡️ Manba: Pepe Mourinyuning assistentiga aylanadi

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 14:48
  • 238
  • 30

"Real" sobiq futbolchisi Pepe klubga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Florentino Peres "qaymoqranglilar" prezidenti etib qayta saylandi va Joze Mourinyu bosh murabbiy bo'ldi.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning xabar berishicha, "Special one"ning yordamchilaridan biri 2007 yildan 2017 yilgacha jamoada harakat qilgan himoyachi Pepe bo'ladi.

1.jpg

Fevral oyida 43 yoshni qarshi olgan Pepe atigi 2 yil oldin futbolchilik faoliyatini yakunlagandi, uning oxirgi klubi "Portu" edi.

Avvalroq Joze Mourinyu "Real"ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan. U tez orada rasman "Benfika"ni tark etadi va Madridga qaytadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar