
Jahon chempionati-2026 vaqtida San-Diyego (AQSH, Kaliforniya shtati) shahrida istiqomat qilayotgan Shveysariya terma jamoasi zudlik bilan yangi joy izlamoqda.
Jamoa mehmonxonasi yaqinida zaharli ilonlar aniqlangani turar joyni o‘zgartirishga sabab bo‘lishi mumkin. Shveysariya futbol assosiasiyasi futbolchilar va xodimlarni «ilonlar hududi»ga bormaslikdan ogohlantirdi, hatto bu joy mahalliy xaritada alohida belgilab berildi.
Qayd etish lozimki, San-Diyego okrugi shildiroq ilonlar yashaydigan hudud hisoblanadi va ushbu mintaqada uchraydigan ularning to‘rtta turi zaharlidir.
JCH-2026 guruh bosqichida Shveysariya terma jamoasi Kanada, Bosniya va Gersegovina hamda Qatar bilan kuch sinashadi. Shveysariyalik futbolchilar turnirdagi ilk uchrashuvlarini 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.