
Nyu-York meri Zoxran Mamdani jurnalist bilan o‘yin o‘ynadi, unda mer guruh bosqichidan boshlab Jahon chempionati natijalarini bashorat qilishi kerak edi.
Mamdanining prognoziga ko‘ra, turnirning 1/16 finalida Braziliya Yaponiyaga, Portugaliya esa Angliyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etadi. Shuningdek, Mamdani Kolumbiya 1/4 finalda Argentinani chiqarib yuborishini, Angliya esa AQSH va Ispaniyadan ustun kelib, yarim finalda Fransiyaga mag‘lub bo‘lishini bashorat qildi.
Mamdanining so‘zlariga ko‘ra, Fransiya turnir finalida Marokashga yutqazib qo‘yadi, Kolumbiya esa Angliya terma jamoasini mag‘lub etib, 3-o‘rinni egallaydi.
AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.