
"Biz g'alaba qozondik. Men bu yerda "Real Madrid"ni himoya qilish uchun turibman. Biz - bir oilamiz. Biz birgalikda sovrinlar yutishda davom etamiz. Chempionlar Ligasining 16-tituli uchun kurash bugundan boshlanadi", - deya Peresning so'zlarini iqtibos keltirdi jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Peres o'z raqibi, ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirdi va klubni 2030 yilgacha boshqaradigan bo'ldi. Funkcioner ushbu lavozimni ketma-ket sakkizinchi bor egallaydi.