Messi JCH-2026 startidan oldin Islandiyaga qarshi o'ynashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 10:16
  • 372
  • 30

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Islandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishga tayyor.

Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar berdi.

O'yin 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv JCH-2026 boshlanishidan oldingi oxirgi tayyorgarlik bahsi bo'ladi.

Bundan oldin Messi 7 iyun kuni bo'lib o'tgan Gondurasga qarshi (2:0) o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborgan edi.

JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi o'z guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar