Leau mushtlashuv uchun uzoq muddatli diskvalifikasiyadan qutilib qoladi

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 09:22
  • 225
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau yaqindagi chetlatish (qizil kartochka) sababli Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmayapti.

«Milan» futbolchisi Chili terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi: 26 yoshli forvard chililik Ivan Roman bilan janjallashib ketgan va raqibi ham maydondan chetlatilgan edi. Leau raqibining yuziga urgani bois u uzoq muddatli diskvalifikasiyaga uchrashi mumkin edi, biroq, vaziyatga qaraganda, portugaliyalik futbolchi FIFA tomonidan beriladigan qattiq jazodan qutilib qoladi.

«O Jogo» nashrining xabar berishicha, barcha ma’lumotlar Leauning faqatgina bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishini ko‘rsatmoqda. Shu tariqa, Rafael Nigeriyaga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, ammo 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasidagi DR Kongoga qarshi bahsda o‘z jamoasiga yordam bera oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar