O'rtoqlik uchrashuvi. Birinchi turdagi raqibimiz Osiyo jamosini mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 08.06.2026 07:48
  • 352
  • 30

Jahon chempionati arafasida Kolumbiya va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuv AQSHning San-Diego shahridagi "Snapdregon" stadionida bo'lib o'tdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida ishonchli g'alabani bayram qilishdi.

O'yinning 41-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi vingeri Jon Aryas hisobni ochdi. Unga hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges golli uzatma etkazib berdi. Ikkinchi bo'limda o'yinga zaxiradan qo'shilgan lateral Santyago Ariasning pasidan so'ng, o'sha Jon Aryas dublni rasmiylashtirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi "K" guruhida Portugaliya, DR Kongo va O'zbekiston jamoalari bilan kuch sinashadi. Iordaniya esa "J" guruhida Avstriya, Jazoir va Argentina bilan to'qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar