Yuriy Utkulbaev: "O'zbek futboli turlicha ekan"

  • Mr.NoBoDy 31.05.2026 23:32
  • 454
  • 30

Proliga 8-tur doirasidagi "Metallurg" - "Kattaqo'rg'on" (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O'yin haqidagi taassurotlaringiz qanday?

– Jangovar o'yin, kurashlarga boy bellashuv guvohi bo'ldik. O'ylashimcha, g'alaba qozonish imkoniyatlari teng edi. Munosib va haqiqiy jangovar durang bo'ldi. Ikkala jamoa ham turli uslublarda bo'lsa-da, g'alabaga intildi. Shu bois, har ikki jamoani bir ochko qo'lga kiritgani bilan tabriklash mumkin.

– Durang natijadan qoniqdingizmi yoki maydonga faqat g'alaba uchun tushganmidingiz?

– Qoniqdim, eng avvalo, yigitlarning o'yin jarayoniga bo'lgan munosabatidan mamnunman. Biz har bir uchrashuvda avvalgisidan yaxshiroq harakat qilishga intilyapmiz va umid qilamanki, bu borada yanada o'sishga erishamiz. Bir ochko – bu jamg'armamizga qo'shilgan hissa, shu sababli men asosiy e'tiborni futbolchilarning o'yin sifatiga qarataman.

– O'zbekistonga kelganingizdan so'ng, dastlab "Paxtakor", so'ng "Metallurg"ga qarshi maydonga tushdingiz. O'zbek futboli haqidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?

– O'zbek futboli turlicha ekan. Agar "Paxtakor" ko'proq erlatib o'ynagan bo'lsa, bu yerda kurashlar va qanotdan uzatmalar ko'proq kuzatildi. Shuning uchun biz hozircha vaziyat bilan tanishmoqdamiz. Bu juda qiziqarli, jamoalar bir-biridan keskin farq qiladi. Biz har qanday raqibga moslashishga harakat qilamiz va, eng asosiysi, raqib kim bo'lishidan qati nazar, o'zimizga kerakli bo'lgan futbolni namoyish etishga intilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar