Romano "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi nomini ma'lum qildi

  • Mr.NoBoDy 31.05.2026 10:32
  • 1110
  • 30

Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola Arne Slot iste'foga chiqarilganidan keyin "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni bosh murabbiylik lavozimiga yagona nomzod sifatida ko'rmoqda va bitimni yaqin vaqt ichida yakunlashga umid qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar hamkorlik shartlarini allaqachon kelishib olishgan, shartnoma esa 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.

43 yoshli mutaxassisning oxirgi klubi "Bornmut" bo'ldi va u ushbu mavsum yakunida jamoani tark etdi. Iraola qo'l ostida "olchalar" 57 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallashdi. "Liverpul" esa 60 ochko bilan beshinchi o'rindan joy oldi. Ispaniyalik murabbiy "Bornmut"ni 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar