
"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Vitinya uchrashuv davomida 141 ta aniq uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, u 2003/04 yilgi mavsumdan buyon statika yuritila boshlaganidan beri Chempionlar ligasi finalida aniq uzatmalar soni bo'yicha rekordni takrorladi. Bungacha Xesus Xavi 2011 yilda "Barselona" safida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda xuddi shuncha uzatmani amalga oshirgan edi.