Farhod Nishonov: "Hakam bizga do'st yoki dushman emas. Hakam bu qonun"

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 23:32
  • 39
  • 30

Proliga 6-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Olimpik Mobi Uz" (1:1) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alabani ko'zlagandik, ammo bir ochko ham yaxshi natija. Raqib "Metallurg" edi. O'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Ayrim futbolchilarda agressiya yetishmayapti. Har turda standartlardan gol o'tkazib yuboryapmiz. Oxirgi epizodlarga xato qilyapmiz. Bular ustida ishlashimiz kerak", - deya gap boshladi Farhod Nishonov.

- Jamoangiz darvozasiga belgilangan penalti haqida nima deysiz?
- Vaziyatni ko'rmadim. Balki penalti bordir. Hakam vaziyatga yaqinroq edi. Hakamlarning ishiga aralashmayman. Hakam bizga do'st yoki dushman emas. Hakam bu qonun. Hakamning qarori shunday bo'ldimi, demak bu 11 metrlik zarba.Penaltini bekor qila olmaymiz-ku. Ikkinchi bo'limda to'xtalishlar ko'p bo'ldi. O'yin tempi tushib ketdi. Ko'proq vaqt qo'shib berilishi kerak edi, deb o'ylayman.

- O'zbekiston Kubogiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Faqatgina o'yinni shakllantirish bilan ish bitmaydi. Reja asosida ish olib boryapmiz. Hozirgi eng katta maqsadimiz "Kattaqo'rg'on"ga qarshi o'yin. Barcha e'tiborimizni ularga qarshi kechadigan bahsga qaratganmiz.

Ўхшаш янгиликлар