Infantino: «Eron jahon chempionatida ishtirok etadi»

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 23:33
  • 172
  • 30

Eron milliy terma jamoasi 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino Vankuverda bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida AQSH va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiyani boshlagan edi.

Eron terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini (Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi) AQSH hududida o‘tkazishi kerak.

Ўхшаш янгиликлар