
"Bugun qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. "Olimpik Mobi Uz" bir necha mavsumdan buyon shakllanib kelayotgan jamoa. G'alaba uchun maydonga chiqqandik, ammo bu futbol. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. 14 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etyapmiz. Bugungi o'yindagi xatolar ustida ishlab, keyingi o'yinga e'tibor qaratishimiz kerak. Safarda o'ynaymiz", - deya gap boshladi Ilhom Mo'minjonov.
- O'zgarishlardan ko'ngilingiz to'lmadimi? Maksvelni maydonga tushirib, keyin yana zaxiraga oldingiz...
- Zaxiradagi o'yinchilar yaxshi qo'shilib ketishdi. Maksvel jarohat oldi va uni almashtirishimizni iltimos qildi. Hujumchi o'rniga yana bir hujumchini maydonga tushirdik. Bor imkoniyatlarimizdan o'zimiz foydalana olmadik. Yigitlardan ko'nglim to'ldi. Markaziy yarim himoyachi Yochich ham 70 daqiqada jarohat oldi. Shifokorlarimiz uning holati bo'yicha ma'lumot berishadi.
- O'zbekiston Kubogiga qanday reja va maqsad qo'yildi?
- Bu haqda ko'p aytdim. Asosiy maqsadimiz - Superliga. Kubok bahslarida g'alaba uchun maydonga tushamiz.