
Kanadaning fuqarolik va immigrasiya vazirligi Eron delegasiyasiga mamlakatga kirish taqiqlangani bo‘yicha izoh berdi. Yaqin Sharq davlati vakillari FIFA kongressida ishtirok etish uchun kelgan, biroq Toronto aeroportida ularga vizalari bekor qilingani ma’lum qilingan. Ehtimol, rad javobi delegasiya a’zolaridan birining Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan aloqasi borligi sabab bo‘lgan. Ushbu tuzilma Kanada hududida terrorchi tashkilot sifatida tan olingan.
«Maxfiylikni himoya qilish qonunlari tufayli alohida holatlar bo‘yicha izoh bera olmaymiz, biroq hukumatimiz aniq va izchil pozisiyaga ega: IIMP mansabdorlari Kanadaga kirish huquqiga ega emas, ularga mamlakatimizda o‘rin yo‘q», — deyiladi vazirlik bayonotida.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi taqvimga ko‘ra, Eron 15 iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiyaga qarshi, 21 iyun kuni shu yerda Belgiyaga qarshi va 26 iyun kuni Sietlda Misrga qarshi maydonga tushishi kerak.