Noyer shartnomani uzaytirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 21:56
  • 366
  • 30

Manuel Noyer "Bavariya"da yana bir mavsum o'ynashi mumkin.

40 yoshli kiper Myunxen klubida yana bir mavsum qolishni istamoqda va klub unga 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan.

Florian Plettenbergning yozishicha, futbolchining agenti Tomas Krot klub vakillari bilan uchrashgan. Tomonlar Noyerning maoshi va yangi shartnomaning boshqa bandlari bo'yicha ilk muzokaralarni olib borishgan.

Kelasi mavsumda Yonas Urbig jamoaning asosiy posboni bo'lishi kutilmoqda.

Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" tarkibida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 35 o'yinda qatnashib, 38 gol o'tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар