Kolumbiyalik futbolchi: «O‘zbekistonga qarshi Portugaliyaga qarshi o‘ynaganimizdek o‘ynash lozim»

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 21:55
  • 53
  • 30

«Krasnodar» klubi va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Jon Kordoba 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi guruh bosqichidagi raqiblar haqida fikr bildirdi. "K" guruhida kolumbiyaliklar Kongo DR, Portugaliya va O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

— Biz o‘z ishimizga e’tibor qaratishimiz kerak, raqiblarni kamsitish bo‘lmaydi. Har bir jamoaning o‘z kuchli jihatlari bor. Eng yuqori maqsadlarga erishmoqchimiz, o‘yindan o‘yinga qarab harakat qilamiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Oxirigacha yetib borishga harakat qilamiz.

— Krishtianu Ronaldu bilan futbolka almashtirish istagingiz bormi?
— Men u bilan ilk bor uchrashmayapman. Bu avval «Espanyol» va «Granada»da ham bo‘lgan. Biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak, maydonda Krishtianu bormi yoki yo‘q — shu haqida o‘ylamasligimiz lozim. Butun dunyo O‘zbekiston terma jamoasini kam baholamoqda. Biz ulardan ham ko‘proq tayyor bo‘lishimiz kerak. Ularga qarshi Portugaliyaga qarshi o‘ynaganimizdek o‘ynash lozim, — dedi Kordoba «Match TV» efirida.

Ўхшаш янгиликлар