Kanada JCH-2026 xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha 106 million dollar ajratadi

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 16:00
  • 28
  • 30

Kanada federal hukumati futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun 145 million Kanada dollarigacha (taxminan 106 million AQSH dollari) mablag‘ ajratadi. Bu mablag‘ mezbon shaharlar — Vankuver va Torontoga futbol turniri davomida polisiya kuchlarini misli ko‘rilmagan darajada jalb qilish bilan bog‘liq ortib borayotgan xarajatlarni qoplashga yordam berishi kerak. Bu haqda The Globe and Mail nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, chorshanba, 29 aprel kuni Torontoda e’lon qilingan ushbu mablag‘lar polisiyaga xavfsizlikka bo‘lgan potensial tahdidlarni kuzatish va ularning oldini olishga yordam beradi. Xavfsizlikni ta’minlash FIFA shafeligida o‘tadigan tadbirning eng katta xarajat talab qiladigan bandlaridan biriga aylandi. Mazkur musobaqa iyun oyida ilk bor Kanada hududida, shuningdek, AQSH va Meksika shaharlarida bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар