
10-turning eng yaxshi darvozaboni - Eldor Adhamov (“Andijon”)
“Andijon” ortda qolgan turda “Dinamo” ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Albatta, ushbu muvaffaqiyatda andijonliklar posboni Adhamovning o'rni beqiyos. U bahs davomida, ayniqsa, birinchi bo'limda bir qator seyvlarni namoyish etib, jamoasini goldan qutqardi. Championat.asia sayti ijodkorlari 29 yoshli darvozabonni eng yaxshi deb topdi.

10-turning eng yaxshi murabbiyi - Ilyos Zeytullaev (“Bunyodkor”)
“Bunyodkor” bu turda “Navbahor”ni irodali ravishda mag'lub etdi (2:1). Bunda “qaldirg'ochlar” ustozi Ilyos Zeytullaevning jamoaga singdirgan xarakteri o'z so'zini aytdi. Uning bahs uchun tanlagan tarkibi va g'oyalari foyda berdi. Championat.asia sayti g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan murabbiyni eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq ko'rdi.

10-turning eng yaxshi futbolchisi - Matiya Krivokapich (“Bunyodkor”)

10-turning eng chiroyli goli muallifi - Shohmalik Komilov (“Navbahor”)
“Navbahor” “Bunyodkor” bilan bahsning 2-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Gol muallifi namanganliklar yarim himoyachisi Shohmalik Komilov bo'ldi. U chamasi 34 metrdan belgilangan jarima zarbasi orqali kuchli zarba yo'llab, darvozabonni dog'da qoldirdi. Shunday qilib, uning goli hech bir muhokamalarsiz turdagi eng chiroylisi deb topildi.