Neymar — JCH-2026 haqida: «Finalda Braziliya — Argentina. Bu fantastik bo‘lar edi!»

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 22:44
  • 89
  • 30

«Santos» hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish istagi haqida gapirdi va turnir finalida qaysi jamoalarni ko‘rishni xohlashini aytdi.

«Finalda Braziliya — Argentina. Bu fantastik bo‘lar edi! Albatta, men Jahon chempionati haqida o‘ylayapman. Har qanday futbolchi kabi men ham u yerda bo‘lishni juda istayman. Umid qilamanki, bu amalga oshadi», — dedi Neymar. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Qayd etish joiz, Argentina terma jamoasi sardori Neymarning «Barselona» va «PSJ»dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi hisoblanadi.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchini bahorgi o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirmagan edi. Italiyalik mutaxassis JCH-2026 uchun yakuniy tarkibni 18 may kuni e’lon qilishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар