"Espanol" sobiq futbolchisiga 9 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 22:08
  • 352
  • 30

Ispaniya prokuraturasi "Espanol" klubi sobiq yarim himoyachisi Alvaro Aguadoga nisbatan 9 yillik qamoq jazosini talab qildi.

29 yoshli futbolchi kataloniyaliklar klubi xodimasini zo'rlaganlikda ayblanmoqda.

Voqea tafsilotlariga ko'ra, jabrlanuvchi 2024 yil iyun oyida, jamoaning La Ligaga qaytganini nishonlash maqsadida Barselonadagi "Opium" tungi klubida o'tkazilgan ziyofat paytida futbolchi uni hojatxonada zo'rlaganini davo qilgan. Xodima ishdan haydalishidan qo'rqib va ruhiy bosim sababli faqat 2025 yilning yanvariga kelibgina policiyaga murojaat qilgan.

Garchi Aguado jinsiy aloqa ikki tomonlama rozilik asosida bo'lganini takidlayotgan bo'lsa-da, sud 2025 yil oktyabr oyida uning aybdorligiga doir dalillarni topgan edi. "COPE" nashrining xabariga ko'ra, ayblov tomoni futbolchi uchun quyidagi jazolarni so'ramoqda:

9 yillik qamoq jazosi;

Ozodlikka chiqqanidan so'ng 10 yil davomida qattiq nazorat ostida bo'lish;

Jabrlanuvchiga yaqinlashish va u bilan aloqa qilishni 8 yilga taqiqlash;

Jami 65 000 evro miqdorida jarima (manaviy va ruhiy zarar uchun kompensaciya).

Ma'lumot uchun, Alvaro Aguado 2025 yil yozidan beri erkin agent maqomida bo'lib turibdi.

Ўхшаш янгиликлар