Eron sport vaziri: "Agar AQSHda xavfsizlik kafolatlansa, terma jamoa JCH-2026ga boradi"

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 21:32
  • 320
  • 30

Eron sport vaziri Ahmad Dunyamali milliy terma jamoaning AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH-2026da ishtirok etish shartini ma'lum qildi.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi keskinlik sababli Eron jahon chempionatini boykot qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Eron ishtirokidagi o'yinlarni AQSHdan Meksikaga ko'chirish masalasi ham muhokama qilingan, biroq FIFA bu taklifni rad etgan edi.

"Agar Amerika Qo'shma Shtatlarida Eron milliy terma jamoasi futbolchilarining xavfsizligi to'liq taminlansa, biz jahon chempionatiga boramiz. Yakuniy qaror hukumat va Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilinadi", - deya Dunyamalining so'zlarini keltirmoqda "Tasnim" axborot agentligi.

Vazirning takidlashicha, geosiyosiy vaziyatdan qati nazar, jamoa turnirga tayyorgarlikni davom ettiradi.

"Ehtimol, Eron terma jamoasi jahon chempionatiga bormas, ammo agar ishtirok etadigan bo'lsak, biz har tomonlama tayyor turishimiz kerak", - deya qo'shimcha qildi vazir.

Eslatib o'tamiz, Eron milliy terma jamoasi Osiyo saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Ko'ramiz, siyosiy vaziyat futbol bayramiga qanday ta’sir ko'rsatar ekan. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Ўхшаш янгиликлар