"Barselona" "Atalanta" himoyachisiga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 13:16
  • 388
  • 30

"Barselona" "Atalanta" himoyachisi Marko Palestra bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Barselona" 21 yoshli italiyalik futbolchini qanot himoyasini kuchaytirish uchun universal variant sifatida ko'radi. "Arsenal", "Manchester Siti", "Yuventus" va "Inter" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Palestra 2025/26 yilgi mavsum "Kalyari"da ijarada o'ynadi hamda 32 o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Himoyachining "Atalanta" bilan bitimi 2029 yil 30 iyunda tugaydi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар