
– O'yin haqida fikringiz...
– Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik. Ochig'i, bu o'yin oson kechmasligini bilardik, chunki "Qo'qon-1912"ga ham, bizga ham ochko judayam zarur edi. Shuning uchun biz bu erga uch ochko uchun kelgandik. Qayerdadir omad yetishmadi va shogirdlarimda ozgina realizaciya yetishmadi. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. Borini berib, qo'lidan kelgan barcha imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilishdi.
– Bugun birinchi rasmiy uchrashuvda bosh murabbiy sifatida boshlab chiqdingiz. Umuman o'ynamagan futbolchilar asosiy tarkibga qo'yildi. Bu nima bilan bog'liq? Sizning tashabbusingizmi yoki ular endi tayyor bo'lishdimi yoki eski bosh murabbiy bularga umuman imkon bermaganmidi?
– Yo'q, unaqa demagan bo'lardim. Avvalambor, bizdan oldin ishlab ketgan Samvel Babayanga, uning shtabiga kattakon rahmat aytamiz. Qo'llaridan kelgan barcha ishlarni qildi, qayerdadir omad yetishmadi. Omad yetishmadi. Shuning uchun biz bazi bir o'zgarishlarni qilishga qo'l urdik. Baribir qayerdadir, har doim bir xil tarkibda o'ynayotgan yigilarda mag'lubiyatdan keyin o'ziga ishonch shunaqa yo'qolib borayotgan edi. O'ynamayotgan futbolchilarda ishtiyoqni ko'rgan holda rotaciyalarga qo'l urdik.
– Durang o'yin kartinasiga qanchalik mos tushdi deb hisoblaysiz?
– Ochig'i, biz futbolchilarning potencialidan kelib chiqib ish tutamiz, yani ular to'p bilan yaxshi o'ynay oladi. Shuning uchun o'yinda to'pni nazorat qilib, dominantlik g'oyasini qo'llayapmiz. Buning uchun bizda ozgina vaqt bo'ldi. Chunki 1–zonadan qanaqa qilib chiqib kyetishimiz, to'pni nazorat qilib 2–zonada qanaqa qilib rivojlantirish va 3–zonada qanaqa qilib yakunlash bo'yicha bitta mashg'ulotimiz bo'ldi, xolos. Mashg'ulotimiz oz bo'lganini hisobga olgan holda, futbolchilar vazifalarni a'lo darajada bajarishdi va bugungi o'yinda yaxshi ko'rsatib berishdi. O'yindan o'yinga kuchaytirib boramiz. Mashg'ulotimizdan kelib chiqib aytsam, durang biz uchun yaxshi natija.
– O'zingiz ta'kidlab o'tdingiz, zaxiradagilar imkoniyat berilmoqda. "Andijon" safida o'tgan mavsum asosiy tarkibida o'ynagan bir qator futbolchilar o'rinbosarlarga tushirib yuborilgandi. Ular ham yana qaytishadimi, misol uchun, Azimov?
– Albatta. Biz kuzatib boryapmiz, e'tibor bergan bo'lsangiz, bugun o'rinbosarlar tarkibida o'ynaydigan, 2006 yil tug'ilgan Bekzod Sulaymonovni maydonga tushirishni boshladik. O'zini o'rinbosarlar tarkibida yaxshi ko'rsatganligi uchun uni asosiy tarkibga jalb qildik va zaxiradan tushirdik. Bora–bora shunday o'rinbosarlar tarkibiga ham e'tibor berib, iqtidorli futbolchilarni chaqiramiz.
– Kelajagingiz haqida so'ramoqchiman. Hozircha vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisisiz. Kelajagingiz haqida aytib o'tsangiz, "Andijon" keyingi o'yinlarda yaxshi natija qayd etsa, rahbariyat sizni olib qoladimi? Yana bitta savolim: "Andijon" jamoasida juda katta nomlar bor, ular bilan ishlash qanchalik qiyinchilik tug'dirmayaptimi?
– Birinchi savolga keladigan bo'lsak, bu ko'proq rahbarlarimizga bog'liq bo'ladi. Lekin biz yaxshi natija ko'rsatishga maksimal harakat qilyapmiz. Uch o'yindan keyin qarorni rahbariyat hal qiladi. Mashhur futbolchilarga keladigan bo'lsak, ular nima uchun u darajaga chiqib o'ynashyapti? Ularga taniqli murabbiymi, avtoritetmi – farqi yo'q. Ular professional, shuning uchun shu darajaga chiqishdi o'zlarining mehnati bilan, mehnatsevarligi bilan va tartib–intizomi bilan. Shuning uchun ular bilan ishlash yanayam osonroq. Nimani xohlab, ularga berayotgan bo'lsak, qabul qilishyapti. Eng asosiysi, ularga ham shu futbol yoqqanga o'xshayapti, aytganimizni qabul qilishyapti.