
Joriy mavsumda 22 yoshli himoyachi APL doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.
"Husanov o'zini ajoyib ko'rsatmoqda. Tilni bilmay turib yangi mamlakatga ko'chib o'tish unga oson bo'lmadi - bu juda qiyin. Bosim, uning APLda o'ynayotgan ilk o'zbekistonlik ekanligi va shunga o'xshash omillar bor.
Men go'yoki 35 yoshga kirgandek gapiryapman, lekin unday emas. Yoshim 25 da. Biroq menda katta tajriba bor, ko'p o'yinlarda ishtirok etganman va turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishni bilaman.
Gap boshqalarga yordam berish haqida ketmoqda, chunki men ular o'zlarini qanday his qilayotganini bilaman. Bazan bu oson kechmaydi. Ular o'zlarini qulay his qilishlari uchun sharoit yaratish juda muhim", - dedi Erling Xoland.
Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov o'z o'yinlari bilan nafaqat jamoadoshlari, balki mutaxassislarning ham e'tiborini qozonishda davom etmoqda. O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi "shaharliklar" mudofaa chizig'ida mustahkam o'rin egallashga intilmoqda.