⭐️ 39 yoshli darvozabon, zaxiradan tushib gol+pas qilgan futbolchi, 90+5-daqiqada urilgan supergol. Proligada 3-turning eng yaxshilari aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 18:32
  • 1070
  • 30

15-17 aprel kunlari O'zbekiston Proligasida 3-turdan o'rin olgan 6 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur goli - Sirojiddin Bashriddinov (“FarDU”)

“FarDU” bu tur G'uzorda “Sho'rtan” bilan to'qnash kelib, jangovar durang o'ynadi (2:2). Bahsning 90+5-daqiqasida yarim himoyachi Sirojiddin Bashriddinov jarima to'pidan chiroyli gol urdi. Aynan shu gol “FarDU“ni mag'lubiyatdan qutqarib qodi. Darvozabon bu zarba oldida shunchaki ojiz qoldi. Mazkur gol Championat.asia sayti talqinida tur goli sifatida etirof etildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (2).jpg

Tur darvozaboni - Sardor Qobuljonov ("Kattaqo'rg'on")

"Kattaqo'rg'on" klubi bu tur Toshkentda “G'azalkent” mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi (2:0). Uchrashuv davomida mehmonlar posboni, tajribali Sardor Qobuljonov bir qator seyvlarni amalga oshirdi va g'alabaga munosib hissa qo'shdi. 39 yoshli posbon haqli ravishda tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (2).jpg

Tur murabbiyi - Yorqin Nazarov (“Kattaqo'rg'on”)

Yuqorida yozilganidek “Kattaqo'rg'on” bu tur yangi tashkil etilgan va yosh futbolchilardan iborat bo'lgan “G'azalkent” bilan ro'baro' kelib, ishonchli g'alabaga erishdi (2:0). “Bunyodkor” stadionida kechgan bahs taqdirini Yorqin Nazarov amalga oshirgan bitta o'zgarish hal qildi desak bo'ladi. Bu o'zgarish haqida quyiroqda yozdik. Shunday qilib, Championat.asia sayti aynan Nazarovni tur murabbiyi deb topdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (2).jpg

Tur futbolchisi - Izzatilla Abdulhaqov (“Kattaqo'rg'on”)

Yorqin Nazarov amalga oshirgan o'zgarish aynan Izzatilla Abdulhaqov bo'ldi. 46-daqiqada zaxiradan tushgan Abdulhaqov 55-daqiqada Fransis Narxga golli uzatma berdi. 72-daqiqada o'zi raqib darvozasini ishg'ol qildi. Qisqa vaqt ichida gol+pas amalga oshirgan Izzatilla Abdulhaqov championat.asia talqiniga ko'ra, tur futbolchisi deya etirof qilindi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (3).jpg

Ўхшаш янгиликлар