Neymar ofsayd borasida yangi qoida taklif qildi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 15:24
  • 425
  • 30

Braziliyalik yulduz, hozirda "Santos" sharafini himoya qilayotgan Neymar futboldagi eng bahsli qoidalardan biri - ofsayd (o'yindan tashqari holat) borasida o'zgartirish kiritish kerakligini aytdi.

"Men ofsayd qoidasini o'zgartirgan bo'lardim.

Menimcha, ofsayd faqat to'p havodan uzatilgandagina hisoblanishi kerak. Agar pas yerdan yoki ko'krak qafasidan past darajada berilsa, o'yindan tashqari holat qayd etilmasligi lozim", - dedi Neymar "Ziggo Sport" nashriga bergan intervyusida.

Neymarning fikricha, bunday o'zgarish futbolning yanada hujumkor va gollarga boy bo'lishiga xizmat qiladi. Eslatib o'tamiz, hozirda ofsayd qoidasi to'p qanday uzatilishidan qati nazar, hujumchi raqib himoyachisidan oldinroq o'tib ketgan vaziyatlarda qayd etiladi. Ko'ramiz, FIFA va Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) yulduz futbolchining bu taklifiga qanday munosabat bildirar ekan.

Ўхшаш янгиликлар