"Real Madrid" Kamavinganing chetlatilishini hakamning xatosi deb hisoblaydi, biroq UEFA bilan ziddiyatga bormoqchi emas

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 19:16
  • 1753
  • 30

Madridning "Real" klubi YCHL 1/4 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi kechgan javob uchrashuvidagi (3:4) hakamlik borasida rasmiy shikoyat qilmaslikka qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, o'yinning 86-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga raqib maydonchasida Garri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtakdan keyin to'pni raqibga bermay, vaqtni cho'zgani uchun bosh hakam Slavko Vinchich tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatilgan edi.

"Marca" nashrining xabariga ko'ra, "qirollik klubi" Kamavinganing chetlatilishini o'yinning hal qiluvchi pallasida hakam tomonidan yo'l qo'yilgan oddiy xato deb baholamoqda. Shu sababli, klub UEFA bilan munosabatlarni keskinlashtirish niyatida emas.

Qizig'i shundaki, 20 aprel kuni UEFA Yoshlar ligasi finali doirasida "Real" va "Bryugge" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinda Madrid klubi delegaciyasi va UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning uchrashishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар