
UEFA rahbari maslahatchisi Yozef Kliment Rossiyaning xalqaro turnirlarga ehtimoliy qaytishi borasida o‘z fikrini bildirdi.
«Hammamiz katta futbol oilasining bir qismimiz. Barcha mamlakatlar bir-birlariga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olishini istaymiz. Shu bilan birga, hozirgi vaziyatni ham tushunib turibmiz. Ayni damda biz vaziyatni o‘zgartira olmaymiz. Kutishimiz va voqealar rivoji qanday davom etishini kuzatishimiz kerak», — deya UEFA vakilining so‘zlarini keltiradi ua.tribuna.com.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya FIFA va UEFA qarori bilan xalqaro turnirlardan chetlatilgan. Ushbu taqiq 2022 yilning fevral oyidan beri amal qilmoqda. Diskvalifikasiya sababli Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bilan cheklanmoqda.