
"Qirollik klubi" rahbariyati himoya chizig'i o'rtacha yoshini pasaytirishni maqsad qilgan. Hozircha ispaniyalik grand Timber bo'yicha rasmiy taklif bermagan, lekin "Real" skautlari so'nggi ikki oy davomida uning har bir o'yinini kuzatib borgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur Sports Boom uchun xabar bergan.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 24 yoshli futbolchini sotishga tayyor emas, lekin 85–100 million evro taklif tushsa, muzokaralar boshlashi mumkin. "Arsenal" Timberga yangi shartnoma taklif qilishi ham istisno qilinmayapti.
Joriy mavsumda Timber barcha turnirlarda 43 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. O'yinchi bilan shartnoma 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evro.