"Yuventus", "Arsenal" sobiq darvozaboni avtohalokatda halok bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 17.04.2026 08:00
  • 355
  • 30

"Yuventus", "Arsenal" va Avstriya terma jamoasi sobiq darvozaboni Aleks Manninger 48 yoshida halok bo'ldi.

Sobiq futbolchi boshqarayotgan mashinani Zalcburg yaqinidagi temiryo'l kesishmasida poezdga urib ketdi

"Arsenal" safida Manninger Angliya chempioni, Angliya Kubogi sohibi va ikki marta Angliya Superkubogi g'olibi bo'lgan.

London klubidan tashqari u "Austriya", "Forverts", GAK, "Red Bull", "Espanol", "Augsburg", "Fiorentina", "Torino", "Bolonya", "Siena", "Udineze" va "Yuventus" klublarida ham o'ynagan. "Yuventus" safida 2011/12 mavsumida Italiya chempioni bo'lgan.

Avstriya milliy jamoasida Manninger 33 ta o'yin o'tkazgan.

Ўхшаш янгиликлар