
Madridliklar bugun safarda Myunxenning "Bavariya" jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv nemislarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Bugungi o'yin oldidan hayajonlanyapmanmi? Men bu yerda 25 yildan beri ishlayapman, endi aslo asabiylashmayman", - dedi Peres.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "PSJ" jamoasi bilan to'qnash keladi.