Flik "Barselona"ning Chempionlar ligasidan chiqib kyetishi haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 09:48
  • 1085
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Ikki o'yin yakuni bo'yicha "ko'k-anorrang"lar "Atletiko"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Biz hafsalasizmiz. Jamoa fantastik o'yin ko'rsatdi. Bizga unchalik omad kulib boqmadi, lekin bunga rozi bo'lishimiz kerak.

Birinchi taymda bizda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, lekin gol o'tkazib yubordik. Futbol shunday, biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Jamoa bor kuch-quvvatini berdi, lekin bizga yetmadi", - dedi Flik.

Ўхшаш янгиликлар