Neymarning goli "Santos"ga durang taqdim etdi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 08:32
  • 355
  • 30

Braziliya chempionatining navbatdagi turida "Santos" "Rekoleta" jamoasini mehmon qildi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Neymar to'liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Mehmolar safida esa Richard Ortis o'z hisobiga gol yozib qo'ygan.

Ushbu natijadan so'ng "Santos" chempionatda 13 ochko bilan turnir jadvalining 15-pog'onasida bormoqda.

Neymarning o'zi esa joriy mavsum chempionatdagi 6-uchrashuvida maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta assist bor.

Ўхшаш янгиликлар