
YCHL 1/4 finalining javob uchrashuvi doirasida Madridning "Atletiko" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. "Sivitas Metropolitano" stadionida kechgan qiziqarli to'qnashuvda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi, biroq ilk o'yindagi mag'lubiyat (0:2) tufayli musobaqani tark etishdi. O'yinni Kleman Tyurpen boshqarib bordi.
O'yin "ko'k-anorranglilar" uchun juda vadali boshlandi:
4-daqiqa: Lamin Yamal hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi va o'z rekordini yangiladi.
24-daqiqa: Ferran Torres ikkinchi golni urib, ikki o'yin natijasiga ko'ra muvozanatni tikladi.
31-daqiqa: Madridliklarning yangi qahramoni Ademola Lukman muhim gol muallifiga aylanib, "matraschilar"ga kerakli ustunlikni qaytardi.
Ikkinchi bo'limda ham hayajon pasaygani yo'q. 55-daqiqada Ferran Torres raqib darvozasini yana bir bor ishg'ol etgandi, biroq VAR tekshiruvidan so'ng ofsayd sababli gol inobatga olinmadi. Uchrashuv yakunida, 80-daqiqada Erik Garsiya qizil kartochka olib, "Barselona"ni qiyin ahvolda qoldirdi.
"Atletiko Madrid" - "Barselona" 1:2
Gol: Lukman 31 - Yamal 4, Torres 24.
"Atletiko Madrid": Musso (D), 19. Alvares, 7. Grizmann, 6. Koke (S), 15. Lengle, 24. Le Norman, 14. Lorente, 22. Lukman, 16. Molina, 3. Rujeri, 20. Simeone.
"Barselona": 13. Garsiya (D), 2. Kanselo, 16. Fermin, 24. E. Garsiya, 6. Gavi, 23. Kunde, 10. Lamin Yamal, 18. Martin, 20. Olmo, 8. Pedri (S), 7. Torres.
Shu tariqa, Diego Simeone shogirdlari umumiy 3:2 hisobidagi g'alaba evaziga yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. "Atletiko" final ostonasida "Arsenal" - "Sporting" juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi. "Barselona" uchun esa Evrokubok mavsumi shu yerda yakunlandi.