Elit Chempionlar ligasi. "Al Sadd" penaltilar seriyasida "Al Hilol"ni musobaqadan chiqarib yubordi

  • Mr.NoBoDy 14.04.2026 02:08
  • 2212
  • 30

Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasidagi navbatdagi drama kuzatildi.

Mintaqaning eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Al Sadd" (Qatar) 3:3 (penaltilar seriyasida - 3:4)

Gollar: Milinkovich-Savich 29 (1:0), Klaudino 36 (1:1), Salim al-Davsari 55 (2:1), Mujika 58 (2:2), Markos Leonardo 67 (3:2), Roberto Firmino 70 (3:3).

Uchrashuv haqiqiy gollar shousiga aylanib ketdi. Mezbonlar uch bor hisobda oldinga chiqib olishgan bo'lsa-da, mehmonlar har safar muvozanatni tiklashga kuch topa olishdi. Ayniqsa, "Al Sadd" safida Roberto Firminoning 70-daqiqada urgan goli qatarliklarga qo'shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasi uchun imkon taqdim etdi.

G'olib nomi lotereyada aniqlandi. Penaltilar seriyasida omad "Al Sadd"ga kuldi - 4:3. Shu tariqa, "Al Hilol" kutilmaganda o'z yurishini nimchorak finaldayoq to'xtatishga majbur bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар