
Turning eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yini Farg'onada kuzatildi. "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan "Neftchi" hamda "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi markaziy bahsni bevosita stadiondan 18 756 nafar ishqiboz kuzatib bordi. Undan keyingi o'rindagi eng yuqori ko'rsatkich Andijonda qayd etildi – "Bobur arena"da o'tgan "Andijon" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi vodiy derbisiga 18 726 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
Qolgan stadionlardagi muxlislar tashrifi quyidagicha ko'rinish oldi:
Buxoro – Qizilqum: 7 132 muxlis (Buxoro FA stadioni)
Qo'qon-1912 – Nasaf: 4 651 muxlis (Qo'qon markaziy stadioni)
Dinamo – So'g'diyona: 4 014 muxlis (Dinamo stadioni)
Lokomotiv – Olimpik: 1 008 muxlis (Olimpiya stadioni)
OKMK – Surxon: 1 002 muxlis (Olimpiya stadioni)
Mashal – Bunyodkor: 489 muxlis (G'uzor markaziy stadioni)