"Arsenal" o'z tarbiyalanuvchilarini sotib 100 million funt ishlab olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 10:24
  • 348
  • 30

"Arsenal" yozda akademiya tarbiyalanuvchilaridan ikkitasi bilan xayrlashishga tayyor.

BBC ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" Maylz Lyuis-Skelli va Itan Nvaneri (hozirda "Marsel"da ijarada o'ynamoqda) kabi o'yinchilarning transferi bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor. Ikkala futbolchi ham 2025 yilda klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Nvaneriga dortmund "Borussiya"si va APLning bir necha jamoasi qiziqmoqda. Lyuis-Skelli esa Premer-liga jadvalining yuqori yarmidagi jamoalar vakillarining e'tiborini tortgan.

"Arsenal"ular uchun jami kamida 100 million funt olishni istamoqda. Bu pul moliyaviy feyr-pley qoidalari bo'yicha sof foyda sifatida hisobga olinadi.

Shuningdek, londonliklar Gabriel Jezus, Ben Uayt va Gabriel Martinelli bilan ham xayrlashishga tayyor.

Ўхшаш янгиликлар