Qurilayotgan yangi stadionga Mircha Luchesku nomi beriladi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 09:40
  • 652
  • 30

9 aprelda Buxarestdagi Milliy stadionda rumin murabbiyi Mircha Lucheskuning xotirasiga bag'ishlangan vidolashuv marosimi bo'lib o'tdi.

U 7 aprelda 80 yoshida vafot etgan edi.

Traur tadbiriga minglab odamlar tashrif buyurdi. Ular orasida Rumyniya ichki ishlar vaziri Ketelin Predoyu ham bor edi. U mahalliy "Dinamo"ning yangi stadioniga mutaxassis nomini berish ishlari olib borilayotganini e'lon qildi. Lucheskuning o'yinchilik faoliyatining katta qismi aynan shu klubda o'tgan, shuningdek, u klubda bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

"Mircha Luchesku rumin futbolida haqiqiy inqilob yaratdi va butun dunyoda tan olingan milliy boylikka aylandi. U rumin futboliga qo'shgan ajoyib hissasiga hurmat sifatida biz yangi stadionga "Dinamo - Mircha Luchesku" nomini berish bo'yicha yuridik jarayonni boshlashga qaror qildik", - dedi Predoyu.

O'yinchi sifatida "Dinamo" safida Mircha 7 marta chempion bo'lgan va Rumyniya Kubogini qo'lga kiritgan.

Hozirgi hisob-kitoblarga ko'ra, yangi stadion qurilishi taxminan 2028 yilda tugatilishi kutilmoqda. Sport inshooti taxminan 25 ming tomoshabinni sig'diradi.

Ўхшаш янгиликлар