Ruslanbek Jiyanov: "Mashal" kutganimizdek o'ynadi"

  • Mr.NoBoDy 03.04.2026 23:08
  • 190
  • 30

Superliganing 5-turi doirasida "Navbahor" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar futbolchisi Ruslanbek Jiyanov fikrlarini bildirdi.

- Namangandan kelgan muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, 5 kishilik himoyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Raqiblar kutganimizdek o'ynashdi. Shukurki, yutib oldik.

- Ushbu jamoalarning o'tgan yilgi bahsida 6:0 hisobi qayd etilgan, Siz bir gol urib, uch assist amalga oshirgandingiz. Bugun shu gollarning yarmi kiritilishi kerak edi. Bunday bo'lmaganiga sabab nimada?
- "Mashal" ham yaxshi jamoa, ular yaxshi himoyalanishdi. Bizga ko'p vaziyat yaratishimizga yo'l qo'yishmadi, ayrim vaziyatlarda himoyachilar, bazilarida darvozabon yaxshi o'ynadi. O'zimizda ham ayrim vaziyatlarda dadillik, aniqlik etishmadi.

- O'zbekiston termasi yaqinda FIFA Series musobaqasida ishtirok etdi. Jamoaning ushbu yig'iniga chaqirilmaganingizdan ranjimadingizmi?
- Yo'q. Hammaga imkoniyat berilmoqda. Xudo xohlasa yanada yaxshiroq bo'lib borishga harakat qilyapman.

- Kubok guruh bosqichidagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- "Xorazm", "Qoraqalpog'iston FA", "FarDU" yaxshi jamoalar. Hozirgi futbolda har bir uchrashuvda maksimal kuch bilan o'ynamasa, g'alaba osonlikcha kelmayapti. Ushbu bahslar uchun ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar