
- Nima ham derdim... "Xorazm" jamoasida g'alaba uchun ko'proq xohish bor edi va ular shu sababli g'alabaga erishishdi, deb o'ylayman. Bazida shunday o'yinlar ham bo'lib turadi, barchasi senga qarshi ishlaydi. Afsuski biz durangga loyiq bahsimizda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ushbu g'alabani raqibga bermasligimiz kerak edi. Lekinn baribir gol o'tkazib yubordik. Shunday g'alati gollar o'tkazib yubordik, bugun omad "Xorazm" tomonida bo'ldi. Shuningdek, ularda istak-xohish yuqori bo'lgani uchun shunday o'yinni ko'rsata olishdi. Biz esa buni uddalay olmadik.
- Bugun darvozabonning qo'pol xatolari sababli jamoa mag'lub bo'ldi.
- Bu futbol. U barchasini nazorat qilib turibman deb, to'pni ushlaguncha hujumni boshlashni o'yladi. Afsus, bunday holatlar ham bo'lib turadi. Buning barchasi yuqori xohishdan deb o'ylayman.
- "Dinamo"da muammolar katta. Ushbu muammolar Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy fonddan keyin bartaraf bo'larmikin?
- To'g'risi bu haqda men bilmayman. Mening ishim - jamoani shug'ullantirish. Fond haqidagi gaplar borasida bir nima deya olmayman. Jamoada pul bo'lmas ekan, keyinchalik nimalar bo'lishini bilish ham qiyin.
- Barcha jamoalarni ushbu oyda 6 o'yin kutib turibdi. Barchaning muammolari bor. Umuman olganda jamoa bunga qanchalik tayyor? Eshitishimizga qaraganda “Xorazm”da ham futbolchilari oldida qarzlari bor.
- Bu holat haqida gapirish men uchun juda qiyin. Maydonga chiqish va o'ynashda davom etish kerak. Bizning boshqa ishimiz yo'q. Xatolarni ko'rib chiqishimiz kerak. Aytganingizdek, barchaning o'z muammolari bor. Klublarda nimalar bo'layotganini barcha bilib turibdi. Buni tariflash uchun so'zlar ham bor. Lekin buni hammaga aytib bo'lmaydi.