Superliga. "Surxon" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Nasaf"dan ustun keldi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 18:48
  • 457
  • 30

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 4-tur

"Nasaf" – "Surxon" 0:1  

20 mart 2026 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 17:00

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod Azamov, Dias Galeev

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Amal Sultonov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Tornike Dzebniauri 90+1, - 0:1 (Richard Fraydey). 

"Nasaf": 1.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov (6.Sardor Bahromov, 58), 14.Sharof Muhitdinov (22.Diyor Abdunazarov, 46), 15.Oybek Rustamov (4.Akramjon Komilov, 84), 17.Murod Rahmatov (99.Kingsli Sokari, 84), 20.Yusuf Otubanjo (80.Davron Usmonov, 58), 32.Quvonch Xushvaqtov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 23.Dilshod Murtozaev, 33.Bahodir Xalilov, 76.Zafar Sadullaev, .

"Surxon": 86.Davron Merganov, 2.Behruz Karimov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev (21.Tornike Dzebniauri, 78), 7.Dostonbek Tursunov (9.Stiven Chinedu, 46), 10.Sunnatilla Abdullajonov (18.Behruz O'ktamov, 80), 14.Tohir Ashurbaev, 17.Sarvar Abduhamidov (26.Behruz Shukurullaev, 80), 19.Farruh Qodirov (11.Richard Fraydey, 46), 66.Behro'z Shaydulov.

Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 3.Behruz Jumatov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Muhammadali Musaxonov.

Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev 56. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" - "Surxon" 0:1

90+1. GOL! Tornike Dzebniauri! Fraydeyning o'ng tomondan uzatgan to'pini jarima maydoni ichidagi Dzebniauri darvozaga yo'lladi - 0:1! 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi 

87. ZARBAAAA! O'ktamovning burchakdan uzatgan to'pini Shukurullaev boshi bilan zarba berdi, Nematov to'pni ushlab oldi! 

84. O'zgarishlar. "Nasaf". Rahmatov va Rustamov o'rniga Komilov va Sokari tushdi

80. O'zgarishlar. "Surxon". Abduhamidov va Abdullajonov o'rniga O'ktamov va Shukurullaev tushdi 

78. O'zgarish. "Surxon". Shamsiev o'rniga Dzebniauri tushdi

74. ZARBAA! Abdirahmatovning kuchli zarbasidan keyin yana Merganov to'pni qaytardi! 

72. Zarba! Chineduning zarbasi kuchsiz va noaniq ketdi

67. ZARBA! Sardor Bahromovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin Merganov to'pni qaytardi! 

58. O'zgarishlar. "Nasaf". Otubanjo va Abdixoliqov o'rniga Bahromov va Usmonov tushdi

58. UXX! Abdixoliqov raqib jarima maydoniga kirib bordi, Shamsiev undan to'pni olib qo'ydi 

56. Ogohlantirish. "Nasaf". G'olib G'aybullaev

55. Xavfli vaziyat! Abdirahmatov uzatgan to'pni Rustamov darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga Nodirxon Nematxonov to'g'anoq bo'ldi

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarishlar. "Surxon". Tursunov va Qodirov o'rniga Chinedu va Fraydey tushdi

46. O'zgarish. "Nasaf". Sharof Muhitdinov o'rniga Diyor Abdunazarov tushdi 


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi 

44. ZARBAAAA! Otubanjoning faol harakatidan keyin Rustamov zarba berdi, biroz noaniq! 

39. ZARBAAAA! Shaydulovning uzatmasidan keyin Qodirov boshi bilan zarba berdi, darvoza to'sini "Nasaf"ni goldan qutqardi!

23. ZARBAAA! Sharof Muhitdinovning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi! 

15. ZARBAAA! Sunnatilla Abdullajonovning zarbasi darvoza yonidan o'tdi ketdi!

8. Xavfli vaziyat. O'ng qanotdan Abdirahmatovning uzatgan to'pini Merganov ushlab oldi 

6. Zarba! Abdirahmatovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Bobir Abdixoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Merganov o'z o'rnida! 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Bahs hech qanday sabab va elonlarsiz 16:45da boshlanib ketdi. 

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar